Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ayni kunlarda Rossiya va Ukraina davlatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.

“Shu munosabat bilan, Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, agentlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1541-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi eslatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing