Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
26 may 1894 1 daqiqa
Bugun, 26 may kuni Mirvohid Mirilyosovich Azimov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori imzolandi.
Bugun, 26 may kuni Mirvohid Azimov Tashqi ishlar vazirligi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida tanishtirilgan. U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, Mirvohid Azimov Toshkent shahrida tug‘ilgan, 46 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini 2003 yilda xalqaro huquq bo‘yicha bakalavr va magistr darajasi bilan tamomlagan, yuridik fanlari nomzodi. U Tashqi ishlar vazirligida 23 yillik mehnat tajribasiga ega. To‘rt yil davomida Pekindagi Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan. 2012 yildan 2020 yilgacha Tashqi ishlar vazirligining yuridik bo‘limini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Orif Bo‘tayev O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan edi.
Live
Barchasi