Gruziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 fevral kuni Gruziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi David Kotaria O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi. Bu haqda Saidov o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirgan. 

Dastlab, vazir yangi tayinlangan elchiga o‘z tabrigini bildirgan.

“David Kotaria janoblarini Gruziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz. Bugun ularning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik”, deya yozgan Saidov.

Qolaversa, Saidov yangi elchi bilan kelajakda rejalashtirilgan ishlarni muhokama qilgan.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldik. Tashqi ishlar vazirligi janob elchini O‘zbekistonda samarali diplomatik missiyasini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyordir”, deya yozadi Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Estoniyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing