Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bugun, 19 mart kuni Tashqi ishlar vazirligining Kengaytirilgan hay’ati yig‘ilishida vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Sherzod Asadov tanishtirilgan. 

Asadov bunga qadar O‘zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huziridagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Farhod Arziyev joriy yilning fevral oyida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Asadov

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing