Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi 

Jamiyat

image

Prezidentning 2023 yil 29 dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning yangi o‘rinbosarlari tayinlandi. 

Unga ko‘ra, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Jo‘raboyevich A’loyev vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;

A’loyev muqaddam O‘zbekistonning Quvaytdagi muvaqqat ishlar vakili maslahatchisi lavozimida ham ishlagan. Diplomat 2008−2012 yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasini boshqargan, Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat ko‘rsatgan. 2022 yil noyabridan buyon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari edi. 

Muzaffarbek Anvarbekovich Madrahimov TIV rahbarining o‘rinbosari bo‘ldi. U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.

Rahmatulla Ibragimovich Nurimbetov ham vazirga o‘rinbosar etib tayinlandi. Nurimbetov bungacha TIVning MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbar bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi ishlar vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing