Tashiyev mitinglar ortida turganlarni iziga tushishni buyurdi

Olam

image

Qirg‘izistonda o‘tgan haftadan beri bozorlarda patent bekor qilinishi va yangi soliq rejimiga o‘tilishidan norozi odamlar mitingga chiqmoqda. Norozilik namoyishlari fonida Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev o‘zi rahbarligidagi qo‘mita va Soliq xizmati boshliqlari bilan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

“Yig‘ilish yangi soliq tizimini optimallashtirish doirasida hamda alohida buzg‘unchi kuchlar tomonidan mamlakatdagi yirik bozorlar savdogarlarining mitinglarini tashkil etish orqali ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga urinishi fonida o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.

Tashiyev tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan, respublikadagi yirik savdo-ko‘ngilochar markazlari egalari tomonidan haqiqiy daromadlarni yashirish faktlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish, mitinglar tashkil etishda ishtirok etgan shaxslarni aniqlash, soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiya va poraxo‘rlik holatlariga barham berish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab bergan.

U bozor savdogarlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, ular uchun savdo binolari ijara haqini kamaytirish, savdo shoxobchalari va savdo-bozor majmualari egalarining yashirin daromadlarini aniqlash asosiy vazifa ekanini aytgan.

“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining barcha sohalarda yashirin daromadlar, korrupsiya va poraxo‘rlikni bostirish borasidagi harakatlari yanada kuchayadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 6 dekabr kuni Qamchibek Tashiyev bozor egalari savdogarlarga sharoit yaratib bermasa, davlat bozorlarni tortib olishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston miting Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made