Tashiyev ilk bor rasmiy tadbirda ko‘rinish berdi (video)

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilganidan buyon ilk bor rasmiy tadbirda ko‘rinish berdi. U bugun, 15 aprel kuni Qirg‘iziston futbol ittifoqi navbatdagi kongressida ishtirok etmoqda. Ushbu yig‘ilishda ittifoqning yangi prezidenti saylanishi kutilmoqda. 

Qamchibek Tashiyev o‘z nutqi davomida Qirg‘iziston futbol ittifoqiga ikki yildan ortiq vaqt davomida rahbarlik qilganini ta’kidlab, shu davrda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. 

“Sizlar bilan ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi. Meni ko‘rib, “Bu qayerdan paydo bo‘lib qoldi?” deb biroz hayron bo‘lgandirsiz”, deya so‘z boshlagan u.

Qamchibek Tashiyevga ko‘ra, uning rahbarligi davrida davlat ko‘magida qirg‘iz futboli o‘z tarixida ilgari kuzatilmagan natijalarga erishgan. 

“Ikki yil ichida 17 ta yangi stadion qurdik, yana 14 tasi qurilmoqda. Bunga qariyb 7 milliard som yo‘naltirildi va xuddi shuncha miqdordagi ishlar davom etmoqda. Bu mablag‘lar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgani yo‘q – davlat va hamkorlarimiz katta yordam ko‘rsatdi”, deya bayonot bergan u. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10 fevral kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qamchibek Tashiyevni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod qilgan edi. O‘shandan beri MQXBning bir qator sobiq yuqori martabali rahbarlari qo‘lga olindi, ayrimlari esa ishdan bo‘shatildi. Jo‘g‘o‘rqu Keneshning to‘qqiz nafar deputati, jumladan Qamchibek Tashiyevning ukasi Shoirbek Tashiyev mandatini topshirdi. Keyinroq u “Qirg‘izneftgaz” korxonasi faoliyati bilan bog‘liq korrupsiya ayblovi bilan hibsga olindi. Maxsus xizmatning sobiq rahbari hozircha so‘nggi voqealarga izoh bergani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing