Tashiyev Bishkekda miting o‘tkazganlarning talablarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Olam

image

Bugun, 18 may kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Bishkekning Chuy shoh ko‘chasi va Qurmanjon dodxoh ko‘chasi kesishmasida o‘tkazilgan yoshlar mitingiga izoh berdi.

Unga ko‘ra, kechasi 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yig‘ilgan. Uning aytishicha, bunga Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Misr va boshqa davlatlardan kelgan muhojirlar soni ortib borayotganidan xavotir sabab bo‘lgan. Tashiyev yig‘ilganlarning talablarini qo‘llab-quvvatlab, respublika qonunchiligini buzayotgan xorijliklarga nisbatan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.

“Bizda migrantlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha statistika mavjud. Buni asosan Pokiston va Bangladesh fuqarolari qiladi. Shu tariqa, 1500 dan ortiq pokistonlik va 1000 dan ortiq Bangladesh fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 5 mingga yaqin xorijlik qonunlarimizni buzgan, shundan 1360 nafari pokistonlik, 1300 nafari bangladeshlik, qolganlari esa boshqa davlatlardan”, degan Tashiyev maxsus xizmatlar faoliyati bilan o‘rtoqlashar ekan.

U Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chet ellik qonunbuzarlarni aniqlash va ularni respublikadan chiqarib yuborishda davom etishiga ishontirdi. Tashiyev yana bir bor namoyishchilarning talablarini to‘g‘ri deb bilishini, lekin jamoat tartibini buzmaslikka, hamma narsani qonun doirasida hal qilishga chaqirdi.

“Biz yig‘ilganlarni kuzatdik va ijtimoiy tarmoqlarda hokimiyatga qarshi buzg‘unchi harakatlarga chaqirgan provokatorlarni aniqladik. Ular hibsga olingan. Bundan tashqari, qurol bilan kelganlar ham aniqlangan. Ular ham hibsga olingan. Agar kimdir provokatsiyaga berilib o‘q uzganida, oqibati yomon bo‘lardi”, deya xulosa qildi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 may kuni kechki payt Bishkekda 1 mingdan ortiq odam ishtirokida miting bo‘lgandi. Mitingga 13 may kuni sodir bo‘lgan mushtlashuv sabab bo‘lgan. 13 may kuni kechqurun Budyonniy yotoqxonasida mahalliy va xorijlik fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Politsiya Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 280-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan va janjalning barcha ishtirokchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek miting Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing