“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Seulga charter reys amalga oshiradi
Jamiyat
−
05 mart 2020
7232“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reys amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi HY3553/3554 raqami bilan Seulga charter reys uyushtiradi.
Chiptalar olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi vakolatxonalariga murojaat qilish mumkin.
“Barcha savollar bo‘yicha, shuningdek, chipta sotib olish masalasida O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasiga va “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining vakolatxonasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qiling:
O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya Respublikasidagi elchixonasi: +822-574-65-54, +822-577-36-60
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Seuldagi vakolatxonasi: +822-722-68-56, +8232-744-37-00
Ushbu qatnov Janubiy Koreya hududida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning kuchayishi tufayli amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda barcha reyslarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Har bir havo kemasida zamonaviy diagnostika va shaxsiy himoya vositalari, zarur bo‘lgan tibbiy preparatlar, hamda virusologiya sohasidagi sog‘liqni saqlash xodimlari va mutaxassislari mavjud.
Bu qatnovning yo‘lovchilari vaqtinchalik joylashtirish punktiga yuboriladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar aeroportida yo‘lovchilarni kutib olmasligingizni so‘raymiz. Kelish vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qiling”, deyiladi avikompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirus xavfi ortgani sababli Janubiy Koreyaga amalga oshiriladigan reyslar sonini haftasiga bir martagacha qisqartirdi. Uning ortidan Seul-Toshkent yo‘nalishida amalga oshiriladigan parvozlar jadvali e’lon qilindi.
LiveBarchasi