Tarixiy iPhone yuqori narxda sotildi

Texnologiya

image

LCG auksionlarida birinchi avlod iPhone’i 63 ming dollarga  sotildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, fevral oyining boshida ochilgan kimoshdi savdosida telefonning dastlabki narxi 2500 dollardan boshlangan. Jami 27 ta taklifdan so‘ng 2007 yilda ishlab chiqarilgan smartfon o‘z narxidan 106 baravar qimmatga, 63 356 dollarga sotilgan.

Smartfonning egasi Karen Grinning aytishicha, 2007 yilda do‘stlari unga iPhone sovg‘a qilgan. O‘shanda Karen Grin o‘z telefoni bo‘lgani sabab, iPhone baribir eskirmaydi deb o‘ylagan va uni ochmasdan saqlab kelgan.

Shuningdek, Karen Grin “do‘stlarining sovg‘asi”ni zamonaviyroq iPhone bilan almashtirmaganining sababini aytgan. Unga ko‘ra, u uch yil avval “Xazina ovi” serialida qatnashganida uning iPhone’i 5000 dollarga baholangan. Keyinchalik birinchi avlod iPhone’i 39 340 dollarga sotilgani haqida xabarlarni eshitgani, auksion uyi esa uning telefoni uchun kamida 50 000 dollar olishi mumkinligini aytgandan so‘ng u ham o‘z smartfonini kimoshdi savdosiga qo‘yishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Apple kompaniyasining sodiq ishqibozlari original mahsulotlar uchun yaxshi pul to‘lashadi. O‘tgan yili ham 1970 yillardagi Apple kompyuterining dastlabki prototipi 677 000 dollardan ko‘proqqa sotilgan. Shuningdek, yuqoridagi kabi ishlatilmay saqlangan birinchi avlod iPhone smartfonlari o‘tgan yil avgustda 35 414 dollarga, oktyabrda 39 339 dollarga sotilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

auktsion iPhone

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing