Tarixdagi eng kuchli futbolchilar aniqlandi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va Fransiyaning PSJ klubining hujumchisi Lionel Messi futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi deb topildi. Bu haqda “FourFourTwo” nashri yozmoqda. 

Ikkinchi o‘ringa Messining hamyurti Diyego Maradona joylashgan. Marodana Italiyaning “Napoli” klubining afsonasi hisoblanadi. Uning yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi Meksika mezbonlik qilgan 1986 yilgi Jahon chempionatida zafar quchgan.

“Manchester Yunayted”, “Real Madrid” kabi klublarning afsonasi Krishtianu Ronaldu kuchli uchlikka yakun yasab bergan.

Futbol qiroli Pelega esa 4-o‘rin nasib qilgan. Pele Braziliya bilan birgalikda uch karra Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.

“FourFourTwo” talqiniga ko‘ra futbol tarixidagi eng kuchli 10 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Lionel Messi (“Barselona”, PSJ, Argentina);

2. Diyego Maradona (“Barselona“, “Napoli”, Argentina);

3. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, “Yuventus”, Portugaliya);

4. Pele (“Santos”, Braziliya);

5. Zinedin Zidan (“Yuventus”, “Real Madrid”, Fransiya);

6. Yoxan Kroyff (“Ayaks”, “Barselona”, Niderlandiya);

7. Jorj Best (“Manchester Yunayted”, Shimoliy Irlandiya);

8. Frans Bekkenbauer (“Bavariya”, Germaniya);

9. Ferens Pushkash (“Real Madrid”, Vengriya);

10. Ronaldo (“Barselona”, “Inter”, “Real Madrid”, Braziliya).

Avvalroq, dunyoning eng serdaromad futbolchilari kimligi to‘g‘risida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

833

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made