Dunyoning eng serdaromad futbolchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va PSJ klubining futbolchisi Kilian Mbappe dunyoning eng serdaromad o‘yinchisiga aylandi. Fransiyalik hujumchining bir yillik daromadi 128 million dollarga baholanmoqda. Shundan 110 million dollari futboldagi faoliyati uchun beriladigan mablag‘ bo‘lsa, 18 million dollar Mbappening maydondan tashqaridagi ishlaridan keladigan mablag‘dir. Bu haqda “Forbes” jurnali yozmoqda.

Qayd etish kerakki, jurnal futbolchilarning faqatgina 2022-2023 yilgi mavsumdagi umumiy daromadini hisoblab chiqqan. Futbolchilarning daromadi ikkiga bo‘lingan. Birinchisi, o‘yinchilarning futboldagi faoliyatidan tushadigan daromadlarini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisida esa reklama, homiylik shartnomalari va biznes ortidan keladigan mablag‘lar hisoblab chiqilgan.

Ikkinchi o‘ringa PSJning yana bir hujumchisi Lionel Messi joylashgan. Leoning bir yillik daromadi 120 million dollarni tashkil qiladi. Messi 65 million dollarni futboldagi faoliyatidan va yana 55 million dollarni reklama va homiylik shartnomalari ortidan ishlab topadi. 

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kuchli uchlikni yakunlab berdi. Portugaliyalik futbolchining yillik daromadi 100 million dollarga baholangan. Ronaldu 40 milllion dollarni “Yunayted”dan maosh sifatida olsa, 60 million dollarni futboldan tashqarida ishlab topadi. 

“Forbes” talqiniga ko‘ra, dunyoning eng serdaromad 10 nafar futbolchisi bilan tanishing:

1. Kilian Mbappe (PSJ) – 128 million dollar (maosh – 110 million dollar + reklama va homiylik 18 million dollar);

2. Lionel Messi (PSJ) – 120 million dollar (65+55);

3. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”) – 100 million dollar (40+60);

4. Neymar (PSJ) – 87 million dollar (55+32);

5. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 53 million dollar (35+18);

6. Erling Xoland (“Manchester Siti”) – 39 million dollar (35+4);

7. Robert Levandovski (“Barselona”) – 35 million dollar (27+8);

8. Eden Azar (“Real”) – 31 million dollar (27+4);

9. Andres Inesta (“Vissel Kobe”) – 30 million dollar (25+5);

10. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) – 29 million dollar (25+4).

Avvalroq, Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun asosiy nomzodlar e’lon qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Kilian Mbappe Neymar Krishtianu Ronaldu Andres In'esta Eden Azar Erling Xoland Muhammad Saloh Kevin de Bryuyne Robert Levandovski

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing