YeCHLni yutish uchun asosiy nomzodlar e’lon qilindi
Sport
−
07 Oktabr 2022
13111Angliyaning “Manchester Siti” klubi Yevropa Chempionlar ligasining 2022-2023 yilgi mavsumida g‘alaba qozonish uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda “Goal” nashri yozmoqda.
Bu mavsumda nihoyat “Manchester Siti”ning Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchish orzusi amalga oshishi mumkin. Sababi Erling Xolandning dunyodagi hech qaysi himoya chizig‘i to‘xta olmaydigandek tuyulmoqda.
YeCHLni yutish uchun 2-raqamli da’vogar sifatida “Real Madrid” e’tirof etilgan. Bu mavsumda ham “Real”dan kuchliroq jamoalar bordek tuyulmoqda. “Manchester Siti” “qaymoqranglilar”dan aniq kuchli ko‘rinmoqda. Hattoki PSJ va “Bavariya” haqida ham shunday deyish mumkin. Ammo bir haqiqatni yodda tutish kerakki, YeCHLdagi istalgan jamoa “Real”ga qarshi o‘yinda qo‘rquv aralash his-tuyg‘ular bilan maydonga tushadi.
Kuchli uchlikka PSJ yakun yasab bergan. Parij klubining hujum uchligi Messi, Neymar va Mbappe ajoyib formada bo‘lib turibdi. Trio manashu kayfiyat va o‘yin darajasini mavsum oxirigacha ushlab tursa, PSJning raqiblariga oson bo‘lmaydi.
“Bavariya” 4-o‘ringa joylashgan. Nemis klubi doimiy ravishda Chempionlar ligasini yutish uchun favoritlardan biri sifatida qayd etiladi. Robert Levandovski “Bavariya” tark etgan bo‘lsa-da, uning o‘rni Sadio Mane bilan munosib tarzda to‘ldirildi. Katta ehtimol bilan chempion nomi mana shu to‘rt jamoa ichidan aniqlanishi mumkin.
“Goal” talqiniga ko‘ra, YeCHLda g‘alaba qozonish uchun asosiy nomzodlar bilan tanishing:
1. “Manchester Siti” (davlat – Angiliya);
2. “Real Madrid” (Ispaniya);
3. PSJ (Fransiya);
4. “Bavariya” (Germaniya);
5. “Liverpul” (Angliya);
6. “Napoli” (Italiya);
7. “Chelsi” (Angliya);
8. “Barselona” (Ispaniya);
9. “Borussiya Dortmund” (Germaniya);
10. “Inter” (Italiya).
Avvalroq, dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublari e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi