Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik qiz UFC musobaqasida ishtirok etadi

Sport

Bugun, 24 oktyabr kuni yilning eng shov-shuvli jangi o‘tadigan Abu-Dabidagi navbatdagi UFC 254 musobaqasida o‘zbekistonlik jangchi Liliya Shakirova o‘zining debyutini o‘tkazadi. 

Liliya MDH va Xitoyda ko‘plab musobaqalarida qatnashgan: W.A.R.S, Fight night Global, GFC. Uning hozirgi rekord ko‘rsatkichi 8-1 va bir yildan beri u oktagonga chiqqani yo‘q.  Sportchi ketma-ket uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi, shundan 2 tasida u texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

U flyweight divizionida Valentina Shevchenko boshchiligidagi uch vazn toifasida debyut qiladi. Liliya uchun bo‘lajak jang oson yurish bo‘lmaydi: uning raqibi Loren Myorfi 4-o‘rinni egallab turibdi. U AQSHdan kelgan tajribali jangchi, bu jang uning uchun 18-si bo‘ladi. Loren 37 yoshda va UFC’da 9 ta jang o‘tkazgan. Jiddiy yoshiga qaramay, Loren juda faol, bu uning 2020 yildagi uchinchi jangidir. U so‘nggi jangni iyul oyida o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli" da UFC 254 musobaqasi o‘tkaziladi.Turnirning asosiy voqeasi Nurmuhamedov va Getji o‘rtasidagi jang bo‘lishi kutilmoqda. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli jang tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Liliya Shakirova

Baholaganlar

563

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing