Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik qiz UFC musobaqasida ishtirok etadi
Sport
−
24 Oktabr 2020 16062 1 daqiqa
Bugun, 24 oktyabr kuni yilning eng shov-shuvli jangi o‘tadigan Abu-Dabidagi navbatdagi UFC 254 musobaqasida o‘zbekistonlik jangchi Liliya Shakirova o‘zining debyutini o‘tkazadi.
Liliya MDH va Xitoyda ko‘plab musobaqalarida qatnashgan: W.A.R.S, Fight night Global, GFC. Uning hozirgi rekord ko‘rsatkichi 8-1 va bir yildan beri u oktagonga chiqqani yo‘q. Sportchi ketma-ket uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi, shundan 2 tasida u texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
U flyweight divizionida Valentina Shevchenko boshchiligidagi uch vazn toifasida debyut qiladi. Liliya uchun bo‘lajak jang oson yurish bo‘lmaydi: uning raqibi Loren Myorfi 4-o‘rinni egallab turibdi. U AQSHdan kelgan tajribali jangchi, bu jang uning uchun 18-si bo‘ladi. Loren 37 yoshda va UFC’da 9 ta jang o‘tkazgan. Jiddiy yoshiga qaramay, Loren juda faol, bu uning 2020 yildagi uchinchi jangidir. U so‘nggi jangni iyul oyida o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli" da UFC 254 musobaqasi o‘tkaziladi.Turnirning asosiy voqeasi Nurmuhamedov va Getji o‘rtasidagi jang bo‘lishi kutilmoqda. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli jang tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
Live
Barchasi