Tarixda ilk bor Singapur Prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Jamiyat

image

Singapur Prezidenti Halima Yoqub ertaga, 23 may kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Singapur Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Halima Yoqub hozirda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi. Davlat rahbari 23 may kuni Qozog‘istonga tashrifini yakunlab, Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga keladi. 

Tashrif kun tartibiga ko‘ra, Halima Yoqub Singapur-O‘zbekiston biznes forumida ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashadi va shundan so‘ng Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga tashrif buyuradi. Bundan tashqari, Singapur Prezidenti Samarqandga borishi va viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan ham uchrashishi kutilmoqda. 

Halima Yoqubning O‘zbekistonga safari davomida unga Singapurning bir qator yuqori mansabdorlari va vazirlar hamrohlik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning yanvar oyida Singapurda bo‘lib, mamlakat Prezidenti Halima Yoqub bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Mirziyoyev o‘zaro muloqotda mavqedoshini O‘zbekistonga taklif qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Singapur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing