Tarixda ilk bor Oyga chiqqan astronavtlardan biri vafot etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerikalik sobiq astronavt, insoniyat tarixida Oyga amalga oshirilgan birinchi parvozda qatnashgan Maykl Kollinz 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi xabar bergan.  

"Biz afsus bilan shuni ma’lum qilamizki, sevimli otamiz va bobomiz saraton kasalligi bilan mardonavor kurashganidan so‘ng, bugun vafot etdi", deyilgan xabarda. 

Aniqlik kiritilishicha, Kollinz so‘nggi kunlarini o‘z oilasi qurshovida o‘tkazgan. 

Maykl Kollinz taniqli astronavt bo‘lib, u 1969 yilda Nil Armstrong va Edvin Oldrin bilan Oyga amalga oshirilgan ilk missiyada ishtirok etgan. Armstrong va Oldrin oyga tarixiy qo‘nishni amalga oshirganda, astronavt Maykl Kollinz orbitada qo‘mondonlik modulida qolgan. 

Kollinz Xalqaro astronavtika federatsiyasining Galaber mukofoti hamda Kallum va NASA tomonidan taqdim etilgan medallar bilan taqdirlangan. 

2011 yilda u AQSHning eng oliy mukofoti – "Kongressning oltin medali"ga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

astronavt Kollinz

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing