Tarixda ilk bor itga jamiyatga qo‘shgan hissalari uchun orden berildi
Olam
−
20 fevral 2021
5161Buyuk Britaniyada springer-spaniyel zotiga mansub Maks ismli it "Xizmatlari uchun" ordenini olgan birinchi uy hayvoni bo‘ldi. Bu haqda "Sky News" telekanali ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, 13 yoshli it jamiyatga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, it dunyoda hayotidagi qiyin daqiqalarni boshdan kechirgan va kechirayotgan minglab odamlarga yordam bergan va berib kelmoqda.
Misol tariqasida, Maksning egasi, 46 yoshli Kerri Irving baxtsiz hodisa natijasida yurolmay qolgan va qattiq tushkunlikka tushgan.
Maks esa unga yordam berib, yashashiga umid uyg‘otgan.