Tarixda ilk bor FIFA’ni ayol kishi boshqarishi mumkin

Sport

image

FIFA’ning sobiq prezidenti Zepp Blatter tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantino o‘rniga Norvegiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Lize Klaveness nomzodini taklif qildi. Bu haqda Blatter o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Klaveness eng yuksak hurmatga munosib inson. U doimo aniq pozitsiyani egallagan va ko‘pchilikka ergashmagan yagona shaxs bo‘ldi. FIFA’ga ayol kishi rahbarlik qiladigan vaqt keldi”, deb yozdi Blatter.

Lize Klaveness faoliyati davomida Norvegiya ayollar milliy terma jamoasi safida to‘p surgan. Agar u FIFA’ga prezident etib saylansa, tashkilot tarixida ushbu lavozimni egallagan ilk ayolga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janni Infantino 2027 yil 18 mart kuni bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi saylovida o‘z lavozimini saqlab qolish maqsadida AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan siyosiy ko‘mak so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing