Tarixda ikkinchi bemor OITSdan butunlay sog‘aydi

Salomatlik

image

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, tarixda ikkinchi shaxs — londonlik bemor OITSdan butunlay sog‘aydi. Bu haqda “Lancet” nashri xabar bermoqda.
 
Ushbu kasallikdan ilk bor sog‘aygan bemor berlinlik edi. U 13 yil muqaddam ushbu xastalikdan butunlay tuzalgan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlarning har ikkisida ham miya iligi transplantatsiyasi o‘tkazilgan.   

OITSdan sog‘aygan kishining ismi ochiqlanmagan. Ammo “The New York Times”ning yozishicha, tuzalib chiqqan shaxs Venesuelaning 40 yoshli fuqarosi Adam Kastilexodir. Unga 2003 yilda OITS, 2012 yilda esa Xojkin limfomasi (qon saratoni turlaridan biri) tashxisi qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

OITS

Baholaganlar

448

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing