Karantin vaqtida MIB xodimlarini uyma-uy yurishlari to‘g‘rimi?
Jamiyat
−
26 mart 2020
15134Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, byuro davlat inspektorlari har oyda iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmini aniqlashi, buning uchun iste’molchining hisobga olish uskunalarining ko‘rsatkichlarini joyida olib, dasturga kiritishlari shartligi belgilab qo‘yilgan.
Koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonda aniqlangach, barcha soha va yo‘nalishlarda karantin rejimi o‘rnatildi. Ana shunday vaziyatda majburiy ijro byurosi faoliyatida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? MIB xodimlarining uyma-uy yurib, qarzdorliklarni undirish faoliyati davom etadimi?
“Bugungi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, ushbu faoliyatni amalga oshirishda davlat inspektorlari gigiyena-xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etadi. Bundan tashqari, iste’molchilar o‘zlarining elektr energiyasi va tabiiy gaz hisobga olish uskunalarining ko‘rsatkichlarini mobil aloqa vositalari orqali davlat inspektorlariga masofadan turib jo‘natishlari yoki mazkur ko‘rsatkichlarning fotosuratlarini Telegram’dagi maxsus botga yuborishlari mumkin. Byuro davlat inspektorlari ushbu ko‘rsatkichlarni maxsus elektron bazaga kirib boradi”, deydi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Shavkat Haydarov.
Ta’kidlanishicha, ushbu-chora tadbirlar kelgusida davlat inspektorlari tomonidan iste’mol hajmini o‘z vaqtida aniqlanmasligi, hisob-kitoblarning noto‘g‘ri yuritilishi, dasturda iste’molchilarni noto‘g‘ri qarzdorlik hisoblanishi kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi