Tanzila Norboyeva MDH PA medali bilan mukofotlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi “Parlament hamkorligini mustahkamlash uchun” medali bilan taqdirlandi.

“Tanzila Norboyeva MDH ishtirokchi davlatlarida model va milliy qonunchilik, parlamentarizmni rivojlantirish, demokratiya va konstitutsiyaviy tuzumni mustahkamlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashga qo‘shgan alohida hissasi uchun MDH PAning “Parlament hamkorligini mustahkamlash uchun” medali bilan taqdirlandi”, deyilgan xabarda.

Medalni Rossiya Federal Kengashi raisi Valentina Matviyenko tantanali ravishda topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, MDH Parlament Assambleyasining Kengashi 2021 yil 25 noyabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tdi. Konferensiya mavzusi “Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrov va barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing