Tanzila Norboyeva O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijiga javobgar bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imiji bilan shug‘ullanuvchi mazkur kengashga Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva rais bo‘ldi.

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;

O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;

davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing