Tanzila Norboyeva Rossiyaga ketyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Norboyeva ertaga, 13 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketadi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Joriy yilning 13-16 aprel kunlari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasining Moskva va Sankt- Peterburg shaharlarida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.

Tashrif davomida Moskva shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bilan uchrashishi kutilmoqda.

15-16 aprel kunlari delegatsiya a’zolari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib, MDH Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko 2019 yilning oktyabr oyida O‘zbekistonga kelgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing