Tanzila Norboyeva Nyu-Yorkdagi xalqaro anjumanda so‘zga chiqadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva AQSHning Nyu-York shahriga jo‘nab ketadi. 

Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasi doirasida 23 sentyabr kuni  bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar uchun mehnat sohasidagi kelajak: yoshlar bandligini targ‘ib qilish bo‘yicha strategik hamkorlik” deb nomlangan yuqori darajadagi kengash ishida ishtirok etadi.

Kengash ishida Senat Raisi so‘zga chiqib, “Davlat-xususiy sheriklik yoshlar bandligi dasturlarini qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkin? Bunda hukumat, xodimlar va ish beruvchilarning o‘rni qanday?” mavzusida ma’ruza qiladi. 

Shu bilan birga, tadbirda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida davlat va xususiy sektorlar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga doir masalalar, shuningdek yoshlar uchun munosib ish o‘rinlarini qo‘llab-quvvatlashga oid innovatsion chora-tadbirlar muhokama etiladi. 

Interfaol bahs-munozaralar esa tadbir ishtirokchilariga bu borada mamlakatlar tajribasi bilan o‘rtoqlashish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

12

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing