Tanzila Norboyeva MDH PA majlislaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi
Olam
−
25 noyabr 2019
3835O‘zbekiston 2020 yilda Hamdo‘stlikda raislikni qabul qilishga va MDHning navbatdagi sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Senat matbuot xizmati ma’lum qildi.
22 noyabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi Tavriya saroyida MDH Parlamentlararo assambleyasining 50 yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta model qonun hujjati qabul qilindi. Tadbir yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.
Yalpi majlisda O‘zbekiston parlamenti a’zolari delegatsiyasi nomidan Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqdi.
Senat raisi MDH PA ishtirokchi davlatlar parlamentlari oldiga qo‘yilgan hamda xavfsizlikni ta’minlashga, barqaror rivojlantirishga va xalqlar ravnaqiga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish uchun noyob maydon ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston MDH Parlamentlararo Assambleya doirasida dolzarb muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, o‘zaro ishonch va anglashuvni mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘yishi qayd etildi.
Yoshlar harakati, turizm, ekologiya, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va boshqa masalalarni amalga oshirish boʻyicha PAning model qonun hujjatlarini, tashabbuslarini shakllantirish amaliyoti qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.
O‘zbekiston 2020 yilda Hamdo‘stlikda raislikni qabul qilishga va MDHning navbatdagi sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu borada shu yil oktabr oyida Ashxobod shahrida o‘tkazilgan MDH sammitida O‘zbekiston belgilab bergan ustuvorliklar hisobga olingan holda Raislik qilish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi tayyorlandi va tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan Tanzila Norbayeva O‘zbekiston MDHda raislik qilishi doirasida PAning majlislaridan birini mamlakatda o‘tkazishni taklif qildi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi