Tanzila Norboyeva Belarusga bordi 

Jamiyat

image

Belarus Milliy Assambleyasi Kengashi taklifiga binoan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Minskka bordi. Bu haqda “Belta” xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Minsk milliy aeroportida Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyani Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova kutib olgan. 

Tashrif mobaynida O‘zbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum doirasida “Tadbirkorlikdagi ayollar – Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish salohiyati” mavzusida yalpi majlis, ko‘rgazmalar va oltita tematik seksiya yig‘ilishlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tadbirlarda O‘zbekiston tomonidan sanoat korxonalari, qishloq va fermer xo‘jaliklari, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, madaniy-gumanitar, shuningdek, turizm va transport kompaniyalari vakillari ishtirok etadilar.

Forum yakunida bir qator muhim hujjatlar, shu jumladan tijoriy kelishuv va shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Oliy Majlis Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing