Tanzila Norboyeva AQSH vitse-prezidenti bilan uchrashadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchisi Javlon Vahobov AQSH vitse-prezidentining maxsus maslahatchisi Liza Soyer bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva bilan AQSH vitse-prezidenti Kamola Xarris o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishning istiqbollari muhokama qilindi.

Xabar berilishicha, muloqotda bo‘lajak uchrashuv kun tartibi xususida fikr almashilgani barobarida gender tenglikni rag‘batlantirish, shuningdek, Afg‘onistondagi ayollar, jumladan, xotin-qizlar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish ikki mamlakat parlamentlari yuqori palatalarining rahbarlari o‘rtasidagi bo‘lg‘usi muzokaralarning asosiy mavzusiga aylanishi qayd etilgan.

“Amerika tomoni O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rnini mustahkamlash va ahamiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha tarmoqlarida qaror qabul qilish jarayonlarida ularning ishtirok etishlari holatini mamnuniyat bilan kutib oldi. Shuningdek, Oq uy vakili O‘zbekistonning xotin-qizlar salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish, ularga sifatli ta’lim berish, ayollarning ishbilarmonlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan rag‘bat, shuningdek, har qanday ko‘rinishdagi kamsitish yoki zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi ustuvor vazifalarini olqishlashini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligi va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston, AQSH va Afg‘oniston uch tomonlama ayollar biznes-forumini o‘tkazish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, uchrashuvda Oq uyning COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadida boshqa mamlakatlarni 80 millionga yaqin AstraZeneca, Pfizer, Moderna va Johnson & Johnson pereparatlari bilan ta’minlash rejasi doirasida O‘zbekistonga ham vaksina ajratilishi bilan bog‘liq masala muhokama etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tanzila Norboeva Xarris

Baholaganlar

43

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing