Tanqidlar bor ekan, bizning ishimizda sal-pal siljish bo‘lyapti – Norboyeva OAVga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senatida faoliyat yurita boshlaganidan beri ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilib kelayotgan yuqori palata raisi Tanzila Norboyeva bugun, 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi yalpi majlisda senator va deputatlarni ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ishlashga, tanqiddan xafa bo‘lmasdan, xulosa chiqarishga chaqirdi.

“OAV xodimlariga yana bir marta minnatdorlik bildirmoqchiman. Chunki bor og‘riqli nuqtalar [ko‘rinyapti]. Bugun yana Yakkabog‘ bilan Angren qo‘shildi, ichki ishlar yo‘nalishida aytdimku. Ijtimoiy tarmoqda o‘qib o‘tiribman, odamlar rekatsiya yuboryapti. Shu yerda ham ichki ishlar xodimlari odamlar bilan yaxsh munosabatda bo‘lmagan.

Kundalik ma’lumotni OAV va blogerlar yetkazib turibdi. Agar shu tanqidlar bo‘lmasa, biz yaxshi ishlamagan bo‘lardik. Tanqidlar bor ekan, bizning ishimizda sal-pal siljish bo‘lyapti. Shuning uchun ulardan xafa bo‘lmasdan, tanqidlarini to‘g‘ri qabul qilib, deputatlar va senatorlardan ular bilan hamkorlikda, ya’ni tizimli ishlashni iltimos qilaman”, dedi Norboyeva.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Tanzila Norboyeva Senatga rahbar bo‘lgach, yuqori palata OAVga nisbatan yaxshiroq ochildi. Senat faoliyati mediada keng yoritila boshlandi. Yuqori palata raisi deyarli har bir yalpi majlisda mas’ullarni jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik qilishga chaqirib keladi.

Tanzila Norboyevaning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlarda anchayin faol.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing