Tanishini uning sirini oshkor qilish bilan qo‘rqitgan ayol ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida fuqarodan sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan tahdid qilib, pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 1988 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahrining Moturidiy ko‘chasida yashovchi ayol jabrlanuvchining oshkor etilishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish bilan tahdid qilib, undan 3 million so‘m talab qilgan. Evaziga ushbu ma’lumotlarni oshkor qilmasligini aytgan.

Tezkor tadbir davomida ayol kelishilgan 3 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida fuqaroni kaltaklab, uning shaxsiy hayotiga oid tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, 8 million so‘m talab qilgan 5 nafar yigit qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing