Tanishini intim suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan tovlamachi ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida tanishining shaxsiy suratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik qilgan ayol ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 3 sentyabr kuni 42 yoshli S.N. (ayol) tanishi 43 yoshli F.A.ning (ayol) shaxsiy fotosuratlarini qo‘lga kiritgan. S.N. ularni F.A., uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar sirasiga kirishini bilgan holda, kelgusida ushbu rasmlarni uni yaqin qarindoshlariga hamda internet tarmog‘i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Bunday qilmasligi evaziga F.A.dan 2 200 AQSH dollari miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan.

4 sentyabr kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet hiyobonida S.N. tanishi F.A.dan 2 200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha S.N. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tovlamachilik

Baholaganlar

527

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing