Tanish-bilish va mahalliychilik... Davletov adliya tizimidagi korrupsiya holatlariga to‘xtaldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi. Muloqot davomida sohadagi amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot berildi. Davletov adliya tizimidagi korrupsiya holatlarga ham to‘xtaldi. 

"Asosan kadrlar bilan bog‘liq ishlarda, ya’ni tanish-bilishlar, mahalliychilik yoki davlat xaridlarida xavf-xatar bor ekanini ko‘rsatdi. Davlat xaridlari qilganda qandaydir bir-biri bilan kelishib olish holatlarida bunday xavflar mavjud", deydi Adliya vaziri.

Ruslanbek Davletov shuningdek korrupsiya holati adliya tizimi xodimlarida kuzatilmagani va bu tashkilotga dog‘ bo‘lishi haqida aytdi.  

“Ko‘z tegmasin, oxirgi 2,5 yildan beri korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lmadi. Odam buni aytishga ham qo‘rqadi. Agar ertaga birortasi chiqib qolsa, bu bizning yuzimizga dog‘ bo‘ladi. Inson omilida bunday holatlar albatta, bo‘ladi. Hech bir tizim 100 foiz insonning ichiga kirib, to‘g‘rilab qo‘ya olmaydi. Faqat nopok xodimni aniqlash tizimi, aniqlagandan keyin yo‘qotish tizimi yaxshi ishlashi kerak. Biz buni amalga kiritish uchun mahkam bel bog‘laganmiz. Bu yil birinchi bosqichning oxiriga yetishga qaror qilganmiz”, deydi Hukumat Bosh yuristi.

Ma’lumot o‘rnida, Adliya organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlangan. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash metodikasi ishlab chiqildi. Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning “kompleans nazorat” tizimi joriy etilgan. Maqsad – sohada pora olish uchun mutlaqo imkon qoldirmaslik.

Dunyoning yetakchi KPMG kompaniyasi bilan hamkorlikda maxsus loyiha ishga tushirildi. Loyihaning asosiy maqsadi, korrupsion xavf xatarlarni kompleks bartaraf etish orqali adliya tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Ruslanbek Davletov

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing