Tramp vakolatini cheklovchi rezolyutsiyaga veto qo‘ydi
Olam
−
07 may 2020
5472AQSH Prezidenti Donald Tramp Kongressning unga Eronga qarshi qurolli kuchlardan foydalanishni cheklovchi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytida e’lon qilindi.
“Bu judayam haqoratli rezolyutsiya edi. U Demokratlarning 3 noyabrdagi saylovda g‘alaba qozonish strategiyasining bir qismi bo‘lib, Respublikachilar partiyasida kelishmovchilik chiqarish maqsadida taklif qilingandi. Rezolyutsiyani qo‘llagan bir necha respublikachilar ularning “nog‘orasiga o‘ynadi”, deyilgan Trampning bayonotida.
Bundan tashqari, rezolyutsiya fakt va qonunlarni tushunmaslikka asoslangani ta’kidlangan. Rezolyutsiyasiz ham AQSH Eronga qarshi kuch ishlatmayotgani aytilgan.
“To‘rt oy avval men Qosim Sulaymoniy Iroqda bo‘lganida uni yo‘q qilish uchun qat’iy qaror qabul qildim. Bunga javoban Eron Iroqdagi kuchlarimizga bir necha raketa zarbasi amalga oshirdi. Hujumlarda hech kim halok bo‘lmadi. Bundan tashqari, Sulaymoniyga qarshi harakat 2002 yildagi Iroqda qurolli kuchlardan foydalanish to‘g‘risidag rezolyutsiya va Konstitutsiyaning 2-moddasiga muvofiq amalga oshirldi”, deydi Tramp.
Trampning ta’kidlashicha, rezolyutsiya Prezidentning Qo‘shma Shtatlar, uning ittifoqchilari va sheriklarini himoya qilish qobiliyatiga zarar yetkazgan bo‘lardi.
“Rezolyutsiyaga ko‘ra, Prezidentning qurolli kuchlarni qo‘llash bo‘yicha konstitutsion vakolatlari Qo‘shma Shtatlarni va uning kuchlarini kutilmagan hujumdan himoya qilish bilan cheklanadi. Bu noto‘g‘ri. Biz tahdidlar o‘sib borayotgan dunyoda yashayapmiz va Konstitutsiya Prezident dushmanlarning harakatini avvaldan ko‘ra bilishi va kerakli chorani ko‘rishi lozimligini tan oladi. Men ham shunday qildim”, deydi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy joriy yilning 3 yanvar kuni Bag‘dod aeroportida AQSH havo hujumi natijasida o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasida urush chiqishi xavfi ortib ketgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr