O‘zbekistonda qaysi sohada ko‘proq ayollar faoliyat yuritadi?
Jamiyat
−
25 Sentabr 2020
10103O‘zbekistonda ayollar eng ko‘p Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bedi.
Qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning 42,1 foizi ayollar va 57,9 foizini erkaklar tashkil etgan.
76,8 foiz ayollar Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritgan.
2019 yilda tashish va saqlashda 92,8 foiz va qurilish sohasida 93,8 foiz erkaklar ishlagan.
2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, eng ko‘p ishsizlar soniga ega bo‘lgan hududlar:
• Farg‘ona – 152,2 ming kishi
• Samarqand – 148,4 ming kishi
• Andijon – 129,4 ming kishi
• Qashqadaryo – 125,3 ming kishi
• Toshkent – 120,6 ming kishi
• Namangan – 110,1 ming kishi
LiveBarchasi