Taniqli jurnalist o‘ldirib ketildi
Olam
−
12 iyun 2019
31166Seshanba, 11 iyun oqshomida Meksika janubi-sharqidagi Uimanigilo tumanida jurnalist ayol Norma Sarabiya noma’lum kishilar tomonidan o‘ldirib ketildi. Bu haqda mahalliy Milenio nashri xabar berdi.
Hujum ikki qurollangan noma’lum shaxs tomonidan sodir etilgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, jurnalist ayol qochishga uringan, biroq buning uddasidan chiqolmagan. Qotillik sodir bo‘lgach har ikkala erkak voqea joyidan qochishga ulgurgan. Hukumat qotillik bo‘yicha qidiruv ishlarini boshlab yuborgan. Sarabiya bir necha yillardan buyon mahalliy Tabasco Hoy gazetasida faoliyat yuritib kelgan.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiya xabariga ko‘ra, 2000 yildan buyon Meksikada 145 dan ortiq OAV xodimlari o‘ldirilgan.
"Chegarasiz jurnalistlar" tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilda Lotin Amerikasi davlatlarida 9 nafar jurnalist zo‘rlik qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi