Taniqli jurnalist “Manchester Yunayted” rahbarlari ustidan kuldi
Sport
−
12 iyun
5503Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yaqinda bosh murabbiy Erik ten Xagni jamoada olib qolishga qaror qildi. Bu holatga britaniyalik mashhur jurnalist Pirs Morgan o‘zining X’dagi sahifasida munosabat bildirdi va klub rahbarlari ustidan kuldi.
“Ronalduning “Manchester Yunayted” va ten Xag haqida aytganlari haqiqat bo‘lib chiqdi. Qanday qilib bu masxaraboz haligacha ishdan bo‘shatilmagan? Bu kulgili holat”, deydi Morgan.
Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu 2022 yilda, aynan Pirs Morganga bergan intervyusidan so‘ng jamoadan chetlatilgandi. Intervyuda Ronaldu ten Xag va “Man Yunayted" klubi ichki muhitini salbiy baholagandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum “qizil iblislar” gollandiyalik mutaxassis boshchiligida APLni 60 ochko bilan 8-o‘rinda yakunladi va Angliya kubogi finalida hamshaharlari “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi.
Xabibulloh Rayimov