Taniqli o‘zbekistonlik darvozabon faoliyatini Navoiyda davom ettiradigan bo‘ldi
Sport
−
27 dekabr
1837O‘zbekistonlik taniqli darvozabon Sanjar Quvvatov faoliyatini Navoiyning “Qizilqum” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Konchilar” 34 yoshli posbon bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Quvvatov yakuniga yetgan mavsumda “Neftchi” va “Navbahor” jamoalari sharafini himoya qilib, Superligada 13 uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 11 ta gol o‘tkazib yubordi, 5 uchrashuvda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, Qashqadaryoda tavallud topgan posbon shu vaqtga qadar “Mash’al”, “Nasaf” va “Paxtakor“ kabi klublar darvozasini qo‘riqlagan. U 7 ta o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi darvozasini qo‘riqlab, 6 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qizilqum” serbiyalik murabbiy bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi