Taniqli o‘zbek jurnalisti olamdan o‘tdi

Jamiyat

image

Taniqli o‘zbek jurnalisti Baxtiyor Mansurov 73 yoshda olamdan o‘tdi.

Baxtiyor Mansurov 1946 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi a’zosi. 

1963 yildan beri O‘zbekiston Milliy axborot agentligida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. U o‘zining samarali ijodiy faoliyati davrida “To‘lin oy chiqqan kecha”, “Hayot – bu sinov”, “Odamiylik o‘lmasin”, ”Savob umidida”, “Oqibat” kabi o‘nlab kitoblar yozgan.

QALAMPIR.UZ nashri ijdiy jamoasi marhumning oila a’zolari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing