Taniqli so‘z ustasi Mamasidiq Sherayev vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 21 noyabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, askiya san’ati ustasi Mamasidiq Sherayev 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kinoarboblar ijodiy uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

Mamasidiq Sherayev 1946 yil 10 avgust kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. Jizzax, Farg‘ona teatrlarida aktyor, qiziqchi bo‘lib xizmat qilgan.

U 1999 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2021 yil “Do‘stlik” ordeni sohibi bo‘lgan.

Sherayev 2020 yildan hozirgi vaqtgacha Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ta'ziya qiziqchi so'z ustasi Mamasidiq Sheraev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made