Taniqli futbolchi vayronalar ostidan o‘lik holda topildi

Sport

image

Turkiyaning “Hatayspor” klubi hujumchisi Kristian Atsu zilziladan keyingi vayronalar ostidan o‘lik holda topildi. Bu haqda futbolchining agenti Murat Uzunmehmet o‘z Twitter'ida ma’lum qildi.

O‘tgan hafta Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzilalar boshlanganidan beri Atsu qayerdaligi va ahvoli haqida hech narsa ma’lum emas edi. Avvalroq, “Hatayspor” vakillari futbolchi fojia arafasida turk klubini tark etmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Atsu 31 yoshida vafot etdi. Gana terma jamoasi futbolchisi faoliyati davomida Angliyaning “Chelsi”, “Everton”, “Nyukasl” va “Bornmut”, Portugaliyaning “Portu”, Ispaniyaning “Malaga” klublarida o‘ynagan. Atsu Turkiyaning “Hatayspor” klubiga 2022 yilning sentyabrida kelib qo‘shilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Atsu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing