Taniqli futbolchi ayollarga behayo suratlar jo‘natgani uchun jazolandi
Sport
−
10 yanvar
4859Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) niderlandiyalik sobiq futbolchi Mark Overmarsni ayol hamkasblariga behayo suratlar yuborgani uchun umrbod futbol faoliyatidan chetlatdi. Bu haqda NRC xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil fevral oyida Overmars klubda faoliyat yurituvchi ayol xodimlarining roziligisiz jinsiy a’zolarining fotosuratlarini yuborgan. Bu ishi uchun Overmars “Ayaks” sport direktori lavozimidan chetlatilgan. 2023 yil noyabr oyida Sport yurisdiksiyasi instituti Overmarsni Niderlandiyadagi faoliyatini to‘xtatdi.
“FIFA Niderlandiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasi so‘roviga ko‘ra, Intizom qo‘mitasi Mark Overmarsga nisbatan sanksiya qo‘yganini tasdiqlaydi”, deyiladi tashkilot bayonotida.
Shunday qilib, endi Overmars futbolga oid hech bir faoliyat turi bilan shug‘ullana olmaydi.
Ma’lumot uchun, Overmars “Ayaks” bilan uch karra Niderlandiya chempioni va Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, Londonning “Arsenal” jamoasi bilan esa Angliya chempioni va kubogi sohibiga aylangan. Niderlandiya terma jamoasi bilan Overmars ikki marta Yevropa chempionatining bronza medali sohibiga aylangan.
LiveBarchasi