“Tuya qilingan” jami tabiiy gaz va elektr energiyasi miqdori ochiqlandi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2023 6076 1 daqiqa
Joriy yilning shu kunigacha O‘zbekistonda 308 mln 845 ming metr kub tabiiy gaz (286 mlrd 291 mln so‘m) va 197 mln 623 ming kilovatt-soat elektr energiyasi (103 mlrd 894 mln so‘m) talon-toroj qilingan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Joriy yilning shu kunigacha “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 6 ming 305 holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Xususan, 308 mln 845 ming metr kub tabiiy gaz (286 mlrd 291 mln so‘m) va 197 mln 623 ming kilovatt-soat elektr energiyasi (103 mlrd 894 mln so‘m) talon-toroj qilingan. Buning oqibatida davlat manfaatlariga 390 mlrd 185 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Inspeksiyaning Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 200 ta holatda 5 mln 225 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlangan. Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Live
Barchasi