Talato‘plar vaqtida o‘g‘irlangan qurollar g‘amlangan ombor topildi (video)

Olam

Joriy yilning yanvar oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarning o‘choqlaridan biri bo‘lgan Olma-otada to‘polonlar vaqtida o‘g‘irlangan qurollar va o‘q-dorilar saqlanayotgan ombor topildi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Qurollar yashirilgan joy Shoniroq mikrorayonidagi xususiy uyning poli ostida qurilgan. Unda ikki yashik o‘q-dorilar, 12 ta RGD va F-1 granatalari, Kalashnikov avtomatining o‘qlari, o‘q o‘tkazmaydigan jiletlar, qalqonlar, dubulg‘alar, tankka qarshi granatamyot o‘qlari, silliq o‘qli qurollar, to‘qqizta miltiq va boshqalar saqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, tartibsizliklar chog‘ida qo‘lga olingan to‘rt nafar shaxs qurol do‘konini talon-taroj qilgan.

Tergov-tezkor guruhi tomonidan protsessual tartibda ashyoviy dalillar olingan. Jinoyat ishi Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasi 3-qismi va m. 291-moddasi 1-qismi bo‘yicha ro‘yxatga olingan. Gumonlanuvchilar vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Hibsga olinganlar qurollar zaxirasi topilgan ijara uyda birga yashagan. Ularning yoshi 27, 35, 39 yoshda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi tartibsizliklar

Baholaganlar

477

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing