Bir balosi bo‘lmasa... To‘qayev Qozog‘istonda xalqaro surishtiruv o‘tkazilishiga qarshi chiqdi
Olam
−
31 yanvar 2022
12127Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev yanvar oyi boshidagi tartibsizliklar bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazishni rad etadi. To‘qayev 220 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan tartibsizliklardan keyin bergan ilk intervyusida Qozog‘istondagi hodisalar terakt ekanini aytdi.
“Qozog‘istonda xalqaro tergov o‘tkazishga hojat yo‘q deb o‘ylayman. Bizning halol va qobiliyatli odamlarimiz bor”, degan To‘qayev.
To‘qayev intervyuda Yevroparlamentning 20yanvardagi rezolyutsiyasini “noxolis va muddatidan oldin” deb atadi.
Qozog‘iston rasmiylari yanvardagi voqealar terrorchilar va buzg‘unchilar orqali uyushtirilganini aytmoqda. Shaxsan To‘qayev Olma-ota aeroporti terrorchilarning mamlakatga kirishi uchun egallanganini aytdi.
Joriy yilning 20 yanvar kuni Yevropa parlamenti deputatlari yalpi majlisda Qozog‘istondagi so‘nggi tartibsizliklar sabab mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Ko‘pchilik tomonidan ma’qullangan rezolyutsiyada Qozog‘istondagi tartibsizliklar bo‘yicha xalqaro surishtiruv o‘tkazish va Yevropa Ittifoqi rejimi ostida inson huquqlarini jiddiy ravishda buzgan qozoq amaldorlaiga sanksiya joriy qilishga chaqirilgan.
LiveBarchasi