Talabalarning “zachetka”si, o‘qituvchilar dars rejasi va jurnalining shakli o‘zgartiriladi

Jamiyat

image

Talabalarning reyting daftarchasi, qayd varaqasi, o‘qituvchilar dars rejasi hamda jurnali to‘liq elektron shaklga o‘tadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xolikov matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.

Mas’ulga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni to‘liq kredit-model tizimiga o‘tgach, barcha ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi. Reyting daftarchasi, talabalarning qayd varaqasi, o‘qituvchilar dars rejasi, jurnali hamda talabalar jurnalini yuritishda qog‘oz ko‘rinishidan butunlay voz kechiladi.

“Elektron shaklda baholar bo‘yicha ham shaffoflik yaratiladi. O‘qituvchi baholarni qachon qo‘yishi, qanday asoslarga ko‘ra baholanishi aniq bo‘ladi va belgilangan muddat o‘tgach, o‘qituvchi bahoni o‘zgartirishiga imkon bo‘lmaydi. Hattoki qaysidir sabab bilan o‘zgartirilsa ham bu haqdagi ma’lumotlarni saqlab qoladigan tizim yaratilmoqda”, deydi Xoliqov.

Avvalroq, oliy ta’lim muassasalari kredit-model tizimiga o‘tgach, fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchinchi semestr uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘lab o‘qishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing