Talabalarning kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun to‘lov-kontrakt shartnomasini to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

“Ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda Respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun  kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 marti etib belgilandi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ushbu muddat quyidagilar:

•    to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

•    to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;

•    tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

•    o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 7 fevraldan O‘zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’lim boshlandi. Ammo ba’zi OTMlarda oflayn ta’lim bosqichma-bosqich tiklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba kontrakt

Baholaganlar

837

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing