Talabalar uchun qishki ta’til qachon boshlanadi?

Bu qiziq

image

Avvalroq, 22 dekabr kuni bo‘ladigan saylovlar munosabati bilan talabalar uchun qishki ta’til davri 20 dekabrdan 6 yanvargacha deb belgilanishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ammo haligacha bu rasman tasdiqlanmadi. “Ta’til kunlari qachon aniq bo‘ladi”, deb savol beruvchilar soni tobora ortib boryapti. Mazkur masalada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot kotibi bilan bog‘langanimizda, u bu borada biror yangilik bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Agarda talabalar uchun ta’til vaqti o‘zgarsa, 19 dekabr - oxirgi o‘qish kuni, 6 yanvar - birinchi o‘qish kuni bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, odatda qishki ta’tilga ketish arafasida talabalarga samolyot va poyezd chiptalari uchun chegirmalar beriladi.

Xabar so‘nggi bor soat 13:50 da to‘ldirildi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Talabalar qishki ta'til

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing