Talabalar stipendiyadan voz kechib kontraktni kamaytirishi mumkin bo‘ladi...mi?

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab:

abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga hujjatlarni yashash manzilidan qat’iy nazar davlat xizmatlari markazlari orqali torshirish huquqiga ega;

to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan barcha bosqich talabalari stipendiyalardan voz kechish hisobiga yillik olinadigan stipendiya miqdoriga mos ravishda kamaytirilgan to‘lov-kontrakt pulini to‘lash huquqiga ega;

oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda o‘qitishning qiymati kunduzgi ta’lim shaklidan past bo‘lganligini inobatga olib, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.

Qaror loyihasi muhokamasi 28 martga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM to'lov-kontrakt

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing