Talabalar reyting daftari bekor qilinadi
Jamiyat
−
18 dekabr 2020 10056 1 daqiqa
Keyingi o‘quv yilidan O‘zbekistondagi 46 ta oliy ta’lim muassasasida talabalarning reyting daftarchasi va guruh jurnali bekor qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Alisher Abdullayev matbuot anjumani vaqtida aytib o‘tdi.
“2020-2021 yilgi o‘quv yilidan 46 ta ta’lim muassasasi krdeit-modul tizimiga o‘tdi. Bu tizimga o‘tgan OTMda keyingi o‘quv yilidan reyting daftari va guruh jurnali bekor qilinadi”, deydi Alisher Abdullayev.
Uning qayd etishicha, bu shaffoflik va talabalar, professor-ustozlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat Axborot texnologiyalari universitetining Toshkent viloyati filiali tashkil etiladi hamda Guliston davlat universitetida Axborot texnologiyalari fakulteti ochiladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr