“Taxtlar o‘yini” serialidagi aktyor vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

“Taxtlar o‘yini” serialida qiziga motam tutayotgan cho‘pon rolini ijro etgan britaniyalik aktyor Darren Kent 36 yoshida vafot etdi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, aktyor joriy yilning 11 avgust kuni ota-onasi va eng yaqin do‘sti qurshovida vafot etgan. Kent hayotining so‘nggi yillarida artrit va osteoporozdan aziyat chekkan va kam uchraydigan teri kasalligi bilan kurashib kelgan.

Ma’lumot uchun, Darren Kent 1987 yilda Angliyaning Esseks okrugida tug‘ilgan. U 2014 yilda chiqqan “Taxtlar o‘yini”ning “Bolalar” deb nomlangan yakuniy, o‘ninchi epizodida rol o‘ynagan.

Shuningdek, aktyor “Zindonlar va ajdaholar: O‘g‘rilar orasidagi hurmat ” (2023), “Ko‘zgular” (2008), “Oppog‘oy va ovchi” (2012), “Kichkina begona” (2018), “Jipers Kripers: Qayta tug‘ilgan” (2021) filmlarida suratga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Darren Kent Taxtlar o'yini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar